Hech kim qoidalardan ustun emas – Avstraliya Bosh vaziri Jokovich haqida
Sport
−
06 yanvar 2022
2938Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison o‘z Twitter sahifasida serbiyalik tennischi Novak Jokovichning vizasi bekor qilinganiga izoh berdi.
“Jokovichning vizasi bekor qilindi. Qoidalarga amalqilinadi, ayniqsa, bizning chegaralarimiz haqida gap ketganda. Hech kim bu qoidalardan ustun emas. Bizning kuchli chegara siyosatimiz Avstraliya uchun juda muhim bo‘lib, u erda COVID’dan o‘lim darajasi dunyodagi eng past ko‘rsatkichdir va biz hushyor bo‘lib qolamiz”, deya yozgan Morrison.
Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatolik tufayli qo‘lga olgan edi. Shundan so‘ng u mamlakatga turistik viza bo‘yicha kirishga urinib ko‘rdi. Biroq Novakning koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod etilgani bunga yo‘l qo‘ymadi. Tennischi olti soatdan ko‘proq vaqt davomida aeroportning alohida hududida politsiya nazorati ostida bo‘lgan.
Shundan so‘ng, Avstraliya hukumati serbiyalik tennischining vizasini bekor qilib, uni mamlakatdan deportatsiya qilishga qaror qildi. Jokovichning advokatlari esa bu hukmga qarshi.
Ma’lumot uchun, Novak Jokovich joriy yilning 17-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “Australian open” turnirida ishtirok etish uchun Melburnga kelgan edi. Novak ushbu turnirda eng ko‘p, 9 marta g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi