Hayotda o‘zimni g‘olib, deb hisoblayman – Toni Fergyuson

Sport

image

Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasida sobiq chempioni Toni Fergyuson Getjiga qarshi jangdagi mag‘lubiyatiga izoh berdi. 

“Ayni paytda butun dunyo iqtisodiy tanazzulga yuz tutgan. Shunday davrda oktagonga chiqdim va jang qildim. Mag‘lub bo‘lgan bo‘lsam ham, katta miqdorda pul ishlab oldim. Bu oilamni boqishim uchun yetadi. Shunday ekan, hayotda o‘zimni g‘olib, deb hisoblasam bo‘ladi“, deya fikr bildirdi Toni. 

Avvalroq, Tonining jarohatlari jiddiy ekanligi, bosh suyagida sinish alomati borligi, bu esa uni shifoxonada ko‘proq yotishga majbur etishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, AQSHlik aralash kurash (MMA) jangchisi Jastin Getji Mutlaq janglar chempionatining (UFC) Florida shtati (AQSH) Jeksonvill shahrida o‘tgan UFC 249 musobaqasinining asosiy jangida vatandoshi Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratib, g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Toni Fergyuson

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing