Toni Fergyusonning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

Amerikalik taniqli MMA jangchisi Toni Fergyuson UFC 279 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt xabar berdi.

Dana Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Toni Fergyusonning bu safargi raqibi xitoylik Li Szinlyan bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etish joizki, Toni 2013 yildan to 2019 yilgacha 12 ta jang o‘tkazib, ularning hammasida g‘alaba qozongan. Bu natija UFC'dagi jangchilar orasida eng uzun g‘alabali seriyalar qatorida turadi.

Biroq oxirgi 3 yil amerikalik sportchiga juda omadsiz keldi. Dastlab Fergyuson hamyurti Jastin Getjiga imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng, braziliyalik Charlz Oliveyra ham Tonini mag‘lub etdi. Yengil vazn toifasidagi yetakchilardan bir  Beneil Dariyush ham Fergyusonni qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, u oxirgi jangini 2022 yilning 7 may kuni  Maykl Chendlerga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga yutqazdi.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson umumiy hisobda MMA'da 33 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 26 tasida zafar qozongan va yana 7 ta bahsda imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Toni Fergyuson

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing