Dana Uayt Fergyuson bilan shartnoma tafsilotlarini ma’lum qildi
Sport
−
25 Oktabr 2021
3018UFC prezidenti Dana Uayt 37 yoshli amerikalik jangchi Toni Fergyuson (26-6) va tashkilot o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlarini ma’lum qildi.
“Toni Fergyuson bilan shartnoma bo‘yicha bitta jang qoldi. Biz uning uchun duel ustida ishlayapmiz”, deydi Uayt.
Co‘nggi bor Fergyuson UFC 262 musobaqasida eronlik Benil Dariushga yutqazib qo‘ygandi. Bu Toni uchun ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘lgandi.
Uning mag‘lubiyatli seriyasi Jastin Getji bilan jangdan boshlangan. O‘shanda Fergyuson bir nechta og‘ir zarbalarni o‘tkazib yuborgan va jangni davom ettirolmagan edi. Keyingi jangda esa chempionlik kamari sohibi Charlz Oliveyra Toni Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, “El kukuy” avvalroq ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorga (22-6) qarshi jang qilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.