Habib Fergyusonning gaplariga javob qaytardi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov Twitter sahifasida Toni Fergyusonning aytgan gaplariga javob qaytardi. Avvalroq Fergyuson Habibni qo‘rqoqlikda ayblagan edi. 

“So‘nggi uch yil ichida Toni Fergyuson UFC’da birorta raundda g‘alaba qozona olmagan. 2015 yildan beri TOP-15 jangchilarini faqat bir marta mag‘lub etgan xolos. Toni, mening darajam emas va uni xafa qilishni xohlamayman. Bu shunchaki fakt”, deya yozgan Habib.

Eslatib o‘tamiz, Dena Uayt olti marta Nurmuhamedov va Fergyuson o‘rtasidagi jangni tashkil etishga urinib ko‘rgan, ammo har safar ma’lum sabablarga ko‘ra, urinishlari barbod bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Burgut” faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng, Habib MMA’dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Nurmuhamedov 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson MMA Dena Uayt

Baholaganlar

910

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing