Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzmaslik taklif qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish va avtomatik ravishda onlayn jarimani yuborish amaliyotini joriy etish taklif qilindi. 

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirilgan petitsiyada ta’kidlanishicha, bugungi kunda yo‘llarda juda ko‘p fotoradarlar o‘rnatilgan.

“Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yashiringan holda fotoradar qo‘yib tartibbuzar haydovchilarni to‘xtatishadi va protokol tuzishadi”, deb yozadi murojaat muallifi. 

Shuningdek muallif ushbu jarayonni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joyida protokol tuzish orqali emas, protokol tuzib, uni ham onlayn rasmiylashtirib, jarimani elektron tarzda yuborish amaliyotini joriy etish zarurligini qayd etgan.

Bildirilishicha, bu usul haydovchilar va YHXX xodimlari vaqtini tejaydi, turli noqulayliklar va tortishuvlar oldini oladi.

“Shu sababdan, joyida turib protokol tuzishdan voz kechib, haydovchi fotoradarga tushganda avtomatik ravishda onlayn jarimani yuborish amaliyotini joriy etish (belgilangan jarimani haydovchining yashash manziliga avtomatik tarzda yuborish)ni taklif qilamiz”, deyiladi petitsiyada. 


Maqola muallifi

Teglar

fotoradar petitsiya bayonnoma

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing