Hasanboy Do‘smatovning ukasi profboksdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi (video)

Sport

image

Bugun, 2 mart kuni boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, jahon chempionati g‘olibi Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov professional boskdagi dastlabki jangini o‘tkazdi.

Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Puchxon shahri mezbonlik qilayotgan turnirda Faryozbek filippinlik 28 yoshli Jover Amistosoga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Shuningdek, mazkur musobaqada Do‘smatovdan tashqari yana 7 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Faryozbek shu kungacha havaskor boksda O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o‘tkazgan va 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Olimpiada Faryozbek Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing