Hasanboy Do‘smatov Bolgariyadagi turnirni erta tark etdi
Sport
−
28 fevral
17319O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov “Stranja” turniri doirasida fransiyalik Kristofor Xippokratega mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 fevral kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelayotgan “Stranja” turniri start oldi. Kecha, 27 fevral kuni, musobaqaning 4-kunida 54 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov fransiyalik Kristofer Xippokratega 5 raund yakuniga ko‘ra 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ma’lumot o‘rnida, Hasanboy Do‘smatov havaskor boks bo‘yicha 2 karra Olimpiada o‘yinlari va 3 karra Osiyo chempioni hisoblanadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


