Harris ham prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berdi
Olam
−
04 noyabr
2542AQSH vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod Kamola Harris davlat rahbari lavozimi saylovi uchun pochta orqali oldindan ovoz berdi. U kelayotgan prezidentlik poygasi keskin bo‘lishini ta’kidlab, o‘z g‘alabasiga ishonch bildirgan. Bu haqda u X’dagi sahifasida yozdi.
“Biz g‘alaba qozonamiz. Sizning ovozingiz g‘alaba qozonishimizga sabab bo‘ladigan omillardan biri”, dedi u X’da.
Harris, shuningdek, fuqarolarni saylovda o‘z pozitsiyalarini bildirish uchun bor kuchlarini sarflashga chaqirgan va ularning ovozlari hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini bildirgan.
Qayd etish joiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentligi uchun saylovlar boshlanishidan oldin 78 million mamlakat fuqarosi ovoz berib bo‘lgan. Ular buni to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov uchastkasiga borish yoki pochta orqali ovoz berish orqali amalga oshirgan. AQSH prezidentligiga Kamola Harrisga raqib sifatida respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp ham da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Nyukasl shahrida joylashgan uchastkada muddatidan oldin ovoz bergan edi. U buning uchun boshqa saylovchilar bilan birga qariyb 40 daqiqa navbatda turgan.
LiveBarchasi