Falastin tarafdorlari Harrisning “ovozini o‘chirdi” (video)

Olam

image

Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi faollar AQSH vitse-prezidenti, demokratlardan eng yuqori davlat lavozimiga nomzod Kamola Harrisning Michigan shtatidagi nutqini to‘xtatdi. Bu haqda “Pravda” nashri xabar berdi.

Harrisning nutqi paytida namoyishchi “G‘azoda urushni to‘xtat!” deb baqira boshlagan. Demokrat tarafdorlari vitse-prezidentning ismini aytib shovqin solishgan va Harris gapirishdan to‘xtagan. Shundan so‘ng, Falastin tarafdorini soqchilar olib ketishgan.

“G‘azoga kelsak, biz bu urushni to‘xtatishimiz kerak. Biz bu urushni to‘xtatib, garovga olinganlarni uylariga qaytarishimiz kerak. Lekin hozir men 2024 yil haqida gapiryapman”, degan vitse-prezident.

Qo‘shma Shtatlarda Harris tez-tez Yaqin Sharqdagi eskalatsiyani to‘xtata olmaganligi uchun tanqid qilinadi. Masalan, sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo Harrisning G‘azo sektoridagi mojaroni tugatishga chaqirgani uni faqat avj oldirishini va HAMASni “yoqishini” aytgan.

Ma’lumot uchun, iyul oyi oxirida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Harris bilan uchrashib, Falastin anklavida garovga olingan Isroilliklarni ozod qilish evaziga sulh bitimiga erishishni muhokama qildi. Uchrashuvdan so‘ng Harris Isroil rahbariyatini Falastin HAMAS harakati bilan imkon qadar tezroq shartnoma tuzishga chaqirdi va falastinliklarning azob-uqubatlariga chek qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Amerika ommaviy axborot vositalari va ekspertlarining fikricha, vitse-prezident Harris AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenga qaraganda Isroilga nisbatan neytral pozitsiyaga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft korporatsiyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts AQSH vitse-prezidenti va Demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod Kamola Harrisning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotga 50 million dollar xayriya qilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Falastin HAMAS Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing