Hammasi yolg‘on. Ular Belarusga yuborilgan – Lukashenko Moskvaga e’tiroz bildirdi
Olam
−
04 avgust 2020
11515Belarusga vaziyatni izdan chiqarish uchun qo‘lga olingan rossiyaliklardan tashqari yana bir bo‘linma yuborigan. Bu haqda Prezident Aleksandr Lukashenko xalqqa va parlamentga murojaatida aytib o‘tdi.
“Bugun janubga tashlangan yana otryad haqida xabar keldi. Biz yugurib ularni o‘rmonda ushlashimiz kerak. Biz ularning barchasini qo‘lga olamiz”, degan Belarus rahbari.
Shuningdek, u qo‘lga olingan rossiyaliklar mamlakatda tranzit maqsadida bo‘lmaganini, aynan Belarusga yuborilganini qo‘shimcha qildi.
“Istanbul, Venesuela, Afrika va Liviya haqidagi gaplarning hammasi yolg‘on. Ular maxsus Belarus uchun yuborilgani haqda ko‘rsatma berdi. Buyruq shunday bo‘lgan – kuting”, dedi Lukashenko.
Davlat rahbari Rossiya tomonni rossiyaliklarning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq faktlarni soxtalashtirmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Minsk chekkasidagi sanatoriyda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar jangisi qo‘lga olindi. Yana bir rossiyalik Belarus janubida ushlangan. Mamlakat huquq-tartibot idoralari ularga nisbatan terrorchilik akti uyushtirishga urinish ayblovi bilan jinoiy ish ochgan. Rossiyaliklar 20 yilga qamalishi mumkin.
Rasmiy Moskva rossiyaliklar Belarus orqali Turkiyaga ketayotganini, ular xususiy qo‘riqlash kompaniyasi xodimlari ekanini aytib chiqdi. Belarus mazkur voqealar fonida Rossiya bilan chegarada yirik harbiy yig‘in o‘tkazishni reja qildi.
Xullas, har ikki tomon o‘z vajini aytdi. Ammo ittifoqchi davlatlar munosabati so‘nggi vaqtlarda yaxshi emasligi hech kimga sir bo‘lmay qolgan.
LiveBarchasi