“Hammasi unga bog‘liq”. Zelenskiy Baydenni Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH rahbari Jo Baydenni Ukrainani NATOga hoziroq taklif qilishga chaqirdi. Bu haqda Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligi Baydenning qaroriga bog‘liqligi va Ukraina uchun bu signalni olish juda muhimligini qayd etgan.

“Kelajakda siz haqiqatan ham ittifoqchilarga yaqin bo‘lishingizni his qilish juda muhim”, deydi Zelenskiy.

Shuningdek, u AQSH rahbari NATOdagi Ukraina kelajagini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tgan. 

“Hozir NATOga taklif Ukraina askarlari uchun katta yordam bo‘ladi”, deydi Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu sammitda kamida 15 davlat Kiyevning alyansga qo‘shilishi bo‘yicha siyosiy qarorni qabul qilishga tayyorligi ma’lum qilingandi. 

Shuningdek, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina G‘arbni, jumladan, Yevropa Ittifoqini har qachongidan ko‘ra ko‘proq jipslashtirganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing