“Hammaning sharoiti ko‘tarmaydi”. Karantinda qanday tadbirkorlar qatlami vujudga keldi?
Intervyu
−
29 aprel 2020
11289Karantin natijasida ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlari zarar ko‘rdi. Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov pandemiya paytida iqtisodiy holat bo‘yicha tadbirkorlarning bir nechta qatlami haqida gapirdi.
“Tadbirkorlar ichida yordamga muhtoj qatlamga ko‘mak berishni xohlaganlari o‘n minglab bor. Bular tadbirkorlarning birinchi qismi deyish mumkin. O‘zbekistonda jami 630 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ekti bor. Bulardan 19 foizi faoliyat yuritmaydi. Lekin bir yil oldin 30 foiz edi. Biz buni 11 foizga qisqartirdik. Aytmoqchimanki, harakat bo‘lyapti.
Tadbirkorlarning ikkinchi qatlami bo‘lib, ularga ijaraga berilgan 3800 ta davlat mulki bor. Ular 1 oktyabrga qadar ijara to‘lovlaridan ozod qilindi. Tadbirkorlarning ko‘pchiligi soliq, kredit va lizing to‘lovlarini kechiktirib turishni so‘ramoqda. Kuni kecha bu bo‘yicha hujjat qabul qilindi. Unda hammasi keltirilgan.
Uchinchi qatlam tadbirkorlari – o‘z ishchilariga ish joylarini saqlab turibdi. 15 martdan karantin choralari sabab jamoat joylari yopilishni boshlagan bo‘lsa, bir haftadan beri ochilish boshlangan.
To‘rtinchi qatlam tadbirkorlar borki, ular, asosan, Toshkentda bo‘lsa kerak. Bitta tadbirkor 2-3 ta firma, korxona ochgan. Ular bittasini amallab yurgizib, qo‘lidagi qolgan uchta firmasiga yetarli sharoiti bo‘lmayotgandir. Ular ham yordam so‘ramoqda”, deydi palata raisi.