“Hamma ayb bolalarda” – Lempard “Chelsi”ning qulashini izohladi

Sport

image

So‘nggi paytlarda “Chelsi”ning o‘yini hech qovushmayapti. Angliya Premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Lester Siti”ga qarshi bahsda “aristokratlar” 2:0 hisobida yutqazdi. Murabbiy Lempard qo‘l ostida “Chelsi” nomdor jamoalarga birinchi marotaba mag‘lub bo‘layotgani yo‘q. Bundan avval ham “Manchester Siti” va “Arsenal” klublaridan naqd uchtadan gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgan. Ayni vaqtda klub Angliya Premer-ligasi jadvalining 8-pog‘onasida qayd etilgan.  

Frenkning o‘zi klubning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan past natijalarida jamoa tarkibining yosh ekanini sabab qilib ko‘rsatmoqda.  

“Hamma bizni chempionlik uchun da’vogar jamoa deb atadi, lekin bizning tarkib juda yosh. Ayniqsa hujum chizig‘iga kelganda, bu yaqqol seziladi. Bizda hozir avvalgi tajribali gol va assist mashinalari yo‘q.

Bizda hozir jamoaning 50 foiz goliga va golli uzatmasiga mualliflik qilishga qodir Eden Azardek hujumchi, har mavsumda 30 talab gol uradigan Diyego Kostadek o‘yinchimiz yo‘q. Biz qo‘l ostimizda bor tarkibni rivojlantirmoqdamiz va bu kelajakda ish beradi, deb umid qilamiz”, deydi “aristokratlar” murabbiyi.
 

Shuningdek Lempard bir oy oldin jamoada muhit umuman boshqacha bo‘lganini eslab o‘tdi. 

“Dekabr oyida biz juda yaxshi formada edik. Turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borish bilan birgalikda, yetakchidan atiga 2 ochko ortda qolayotgan edik. Keyinchalik o‘yinimiz tez suratlar bilan tusha boshladi. Balki natijadan qoniqish hissi bizga halaqit bergandir. Nima bo‘lgan taqdirda ham hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu – qattiq mehnat”, deydi Frenk.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Lempard

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing