Hamkasbini öldirgani uçun umrbod qamalgan mahbus qamoqxonadan qoçib ketdi

Olam

−

image

AQŞning Tennessi ştatida hamkasbini öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 28 yoşli Jeykob Morli qamoqxona panjarasidan ötib, qoçib ketdi. Hozirda huquq-tartibot idoralari uni qidirmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Tennessi ştati Jazoni ijro etiş departamentining ma’lum qilişiça, Morlining qamoqxonada yöqligi keça, 26 oktyabr kuni soat 23:30 atrofida aniqlangan. U ştatning şimoli-ğarbiy qismidagi Tiptonvill şahrida joylaşgan Northwest Correctional Complex qamoqxonasida jazo ötayotgan bölgan.

Xavfsizlik kameralaridagi yozuvlar örganilganda, Morlining qamoqxona kiyimida qoçib ketgani aniqlangan. Biroq u panjaradan qanday ötgani haqida ma’lumot berilmagan.

Qamoqxona ma’muriyati Morlining qölga olinişiga yordam beradigan ma’lumot uçun 2 500 dollargaça mukofot va’da qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qamoqxona atrofidagi binolar va boşqa inşootlarni tekşirgan.

Morli 2022 yilda hamkasbi Kodi Birçfildni öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Birçfild bir neça hafta davomida bedarak yöqolganidan keyin uning jasadi Morlining Karter okrugidagi uyi ostidan, quti içida topilgan.

Qotillikdan taşqari, Morli uyga noqonuniy kiriş, dalillarni soxtalaştiriş, mol-mulkka zarar yetkaziş va hibsdan qoçiş jinoyatlari uçun ham sudlangan. 2022 yilda politsiya xodimlarini uyida körgan Morli qoçib ketgan. Uni ta’qib qiliş Şimoliy Karolina ştatida yakunlangan.

Naşrga köra, Northwest Correctional Complex qamoqxonasida sönggi yillarda mahbuslar va xodimlarga nisbatan zöravonlik holatlari ham qayd etilgan.

2023 yilda ötkazilgan tekşiruvda esa Tennessi qamoqxonalarida qöriqçilar yetişmovçiligi aniqlangan. Öşa moliyaviy yilda Northwest Correctional Complex qamoqxonasidagi qöriqçilar ştatining 61 foizi böş bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing