Braziliyadagi prezidentlik saylovida yutqazgan Bolsonaro AQŞga qoçib ketdi

Olam

−

image

Braziliyada prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari Lula da Silvaga yutqazgan senator Flavio Bolsonaro sudning mamlakatdan çiqiş taqiqiqa qaramay, AQŞga qoçib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Morayes Flavio Bolsonaroga barça pasportlarini, jumladan, diplomatik pasportni ham 24 soat içida topşiriş haqida qaror çiqargan. Şuningdek, senatorga advokati va dösti Viller Tomas bilan aloqa qiliş taqiqlangan. Tomas qariyb 680 million funt sterling miqdoridagi mablağni yuviş bilan boğliq işda gumon qilinmoqda. Bu iş yuzasidan Braziliya Federal politsiyasi tergov olib bormoqda.

Sud qaroridan keyin Bolsonaro pasportlarini belgilangan muddatda topşirmagan. U keça, 27 oktyabrga ötar keçasi rafiqasi va ikki qizi bilan Braziliyani tark etgan. Keyinçalik Federal politsiya uning oddiy va diplomatik pasportlarini öz tizimida bekor qilgan.

“Reuters” ma’lumotiga köra, Braziliya hukumati Bolsonaroning mamlakatdan çiqib ketgani yuzasidan Argentina rasmiylari bilan ham boğlangan. Argentina naşri “Infobae“ senator xususiy samolyotda Braziliya–Argentina çegarasidan ötganini yozgan. Biroq CNN Brasil uning AQŞga aynan qaysi yönaliş orqali yetib borganini tasdiqlay olmagan.

Ma’lumot uçun, Flavio Bolsonaro Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaroning öğli. U 25 oktyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovining ikkinçi bosqiçida amaldagi prezident Lula da Silvaga mağlub bölgan.

Eslatib ötamiz, Braziliyadagi prezidentlik saylovida amaldagi Prezident Luis Inasiu Lula da Silva ğalaba qozongan. U sobiq prezident Jair Bolsonaroning öğli, senator Flavio Bolsonaroni 4 milliondan ortiq ovoz farqi bilan mağlub etgan. Flavio Bolsonaro saylovning birinçi bosqiçida köproq ovoz töplagan bölsa-da, ikkinçi bosqiçda mağlub bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing