HAMAS vakili Moskvaga bordi

Olam

image

HAMAS harakati siyosiy byurosi boshlig‘ining o‘rinbosari Muso Abu Marzuk bugun, 23 oktyabr kuni Rossiya poytaxti Moskvaga bordi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi

Bildirilishicha, u Rossiyaning bir nechta rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bu Muso Abu Marzukning G‘azo sektoridagi urush boshlanganidan beri Moskvaga beshinchi marta tashrif buyurishi. Marzuk oxirgi marta Rossiyaga iyun oyida borgan edi. O‘sha paytdagi muzokaralardan biri HAMAS garovida bo‘lgan ikki nafar rossiyalik to‘g‘risida bo‘lgan. Siyosiy byuro boshlig‘ining o‘rinbosarining aytishicha, HAMAS Isroil bilan sulh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishilmaguncha rossiyaliklarni ozod qilmaydi.

Ma’lumot uchun, Muso Abu Marzuk 1992 yil HAMAS siyosiy byurosining birinchi rahbari etib saylangan. 1995 yilda u AQSH tomonidan terrorchi deb topilgan va Nyu-Yorkda hibsga olinib, 1997 yilgacha Amerika qamoqxonasida saqlangan. U AQSHga qaytib kelmaslik sharti bilan ozod qilingan va Iordaniyaga deportatsiya qilingan. Ozodlikka chiqqandan so‘ng HAMAS siyosiy byurosi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlangan.

2018 yil 30 mart kuni G‘azo sektorida "buyuk qaytish marshi" boshlanganligi sababli Abu Marzuk siyosiy byuro a’zosi sifatida  Moskvaga borgan. U yerda Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, Rossiya federatsiyasi Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Mixail Bogdanov bilan muzokaralar o‘tkazgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektori va Isroil chegarasida Isroil qo‘shinlari bilan qonli to‘qnashuvlarda qatnashgan falastinliklarga qarshi Isroilning kuch ishlatishini "mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi" deb atab, tomonlarni kelishuvga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yil boshida ham Muso Abu Marzuk boshchiligidagi delegatsiyasi Moskvada Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Moskva HAMAS Muso Abu Marzuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made