HAMAS falastinlik mahbuslar evaziga garovdagi 4 kishining jasadini Isroilga topshiradi
Olam
−
26 fevral 2025 2555 1 daqiqa
Bugun, 26 fevralga o‘tar kechasi Isroil va HAMAS harakati Isroil tomoniga garovga olingan yana to‘rt kishining jasadini topshirish va shu vaqtning o‘zida 602 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishga kelishib oldi. Bu haqda isroillik manbaga tayanib, “The Times of Israel” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuv bugun, 26 fevral kuni amalga oshirilishi mumkin.
“HAMAS jasadlarni Qizil Xochga topshiradi, ular jasadlarni Isroilga yetkazadi. Shu bilan birga, o‘tgan shanba, 22 fevral kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan falastinliklar qamoqdan ozod qilinadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, jasadlarni topshirish hech qanday marosimsiz amalga oshirilishi bildirilgan. HAMAS tashviqot uyushtirmaslikka kafolat bergan.
Kelishuvning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Falastinning HAMAS harakati olti nafar isroillik garovga olinganni ozod qilganidan so‘ng, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha falastinlik mahbuslarni ozod qilish “keyingi garovga olinganlarning ozod etilishi kafolatlanmaguncha va kamsituvchi marosimlar to‘xtamagunicha” kechiktirilishini aytgandi. Bosh vazir HAMASni “takroriy qoidabuzarlikda”, jumladan “garovga olinganlardan tashviqot maqsadlarida behayo foydalanishda” ayblagandi.
Live
Barchasi