Hakamni haqorat qilgan bokschi Olimpiya o‘yinlaridan “uchirildi”

Sport

image

Kecha, 1 avgust kuni Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida chorak final janglari o‘tkazilgan edi. Britaniyalik Freyzer Klark va fransiyalik Murod Aliyev o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda raqibiga atayin bosh bilan zarba bergani va hakamni haqorat qilgani sababli Aliyev musobaqadan chetlatilgan edi.  Natijada Klarkka g‘alaba taqdim etilgandi.

Shundan so‘ng, qarordan norozi bo‘lgan fransiyalik bokschi avvaliga 40-45 daqiqa davomida ringni tark etmay o‘tirgan va keyinchalik kiyinish xonasidan qaytib, yana norozi ekanini bildirish uchun o‘tirishda davom etgandi. 

Olimpiada tashkilotchilarining rasmiy bayonotida keltirilishicha, Murod Aliyev sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun Olimpiya o‘yinlaridan diskvalifikatsiya qilindi. Uning barcha natijalari nolga tenglashtirildi hamda vazn toifasidan chetlatildi. U qo‘shimchasiga kameraga ham zarba berishga ulgurgan. Bu harakatlar esa shunday holatda tashlab qo‘yilmasligi kerak.

Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu bahsda g‘olib, deb topilgan Freyzer Klark yarim finalda Bahodir Jalolovga qarshi ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Boks Tokio-2020 Diskvalifikatsiya Freyzer Klark Murod Aliev

Baholaganlar

406

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing