Hafta oxiriga qadar Toshkentdan Buxoroga bo‘lgan reyslar bekor qilindi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023 6098 1 daqiqa
Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi 5 ta reys bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovlari 2023 yilning 16,17,18,19,20 yanvar kunlari 5 ta reys bekor qilinadi. Bunga poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish sabab qilib ko‘rsatilgan.
Xarid qilingan chiptalar 100 foiz qiymatda qaytariladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yo‘lovchilardan mazkur vaziyatni to‘g‘ri baholab, tushunishlarini va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdlarining 13, 14, 15 yanvar kungi 3 ta reysi bekor qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust