Hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 14-16 fevral kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 fevralda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 14 fevralda kechasi 2-7 darajada iliq, kunduzi 15-20 darajada iliq, 15 fevralda kechasi 2-7 darajada iliq, kunduzi 12-17 darajada iliq, 16 fevralda kechasi 0-5 darajada sovuq, kunduzi 3 darajada sovuq-2 darajada iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 fevralda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 3-8 darajada iliq, kunduzi 20-25 darajada iliq, 15 fevralda kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 17-22 darajada iliq, 16 fevralda kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 13-18 darajada iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 fevralda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 14-15 fevralda 19-24 darajada iliq, 16 fevralda 15-20 darajada iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 fevralda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 20-25 darajada iliq, 15 fevralda kechasi 7-12 darajada iliq, kunduzi 20-25 darajada iliq, 16 fevralda kechasi 7-12 darajada iliq, kunduzi 18-23 darajada iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 fevralda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 darajada iliq, kunduzi 13-18 darajada iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 darajada iliq, kunduzi 14-15 fevralda 8-13 darajada iliq, 16 fevralda 4-9 darajada iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing