“Hafsalamiz pir bo‘ldi”. AQSH Afg‘onistonga yordam hajmini qisqartiradi
Olam
−
24 mart 2020
7984AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Afg‘onistonga yordam hajmini qisqartirmoqda. Bundan tashqari, raqib afg‘on rahbarlari yangi hukumat tuzish malasida kelisha olmas ekan, hamkorlikning barcha shakllaridan voz kechish bilan tahdid qildi.
“Biz joriy yilda 1 mlrd, 2021 yilda yana 1 mlrd dollar miqdorida yordam hajmini qisqartiramiz”, dedi Davlat kotibi Mayk Pompeo Afg‘onistondagi tashrifi so‘ngida.
Pompeoning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani va sobiq hukumat rahbari Abdulla Abdulloh boshqaruv, tinchlik va xavfsizlikni, afg‘on fuqarolarining salomatligi va farovonligini ta’minlashga qodir hukumatni yarata olmaganidan “chuqur afsusda”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala rahbar ham, ularning xatti-harakatlari ham Amerika rahbariyatining hafsalasini pir qildi va "AQSH-Afg‘oniston munosabatlariga zarar yetkazdi". Davlat kotibining ta’kidlashicha, rahbarlar o‘rtasidagi kelishuvning yo‘qligi "AQSH milliy manfaatlariga tahdid solmoqda".
Pompeo tashrifdan so‘ng, AQSH “Tolibon” bilan kelishuvga asosan Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishda davom etishini ta’kidladi.
LiveBarchasi