Habibni o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Sport

image

Dog‘iston politsiyasi ijtimoiy tarmoqda mashhur sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhammedovga nisbatan o‘lim bilan tahdid qilgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

“Dog‘iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv departamenti xodimlari gumonlanuvchini aniqlab, qo‘lga oldi. U Maxachqal’a shahrida yashovchi 27 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi. Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan to‘plangan materiallar protsessual qaror qabul qilish uchun yurisdiksiyaga o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “ibragim 675” nomli Instagram foydalanuvchisi videoda ko‘pgina shaxsga o‘lim bilan tahdid qilgan. U suiqasd qilmoqchi bo‘lgan insonlarga nisbatan nafrati sababini aytmagan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Habibning otasiga shogird bo‘lgan sportchi otib o‘ldirilgandi.

O‘shanda noma’lum shaxs uyi yonida 20 yoshli Magomedrasul Mutayevga yaqinlashib, to‘pponchadan sakkiz marta o‘q uzgan. Sportchi tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston Habib Nurmuhammedov Magomedrasul Mutaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing