Habib Toshkentga keldi. U qaysi mehmonxonada qolyapti?

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 23 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida ilk bor MMA GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmuhamedov faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Kecha, 20 noyabr kuni Habib Nurmuhamedov o‘tirgan samolyot Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Sportchi yuzlayu muxlislari qurvoshida, karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, uning o‘rinbosari Oybek Qosimov va Boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov sportchiga peshvoz chiqishdi. 

O‘zbek urf-odatlariga ko‘ra, unga zar to‘n kiydirildi. 

Habib Nurmuhamedov poytaxt Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasiga joylashtirildi. 

Bugun, 21 noyabr kuni Habib Nurmuhamedov va turnir tashkilotchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, MMA GFC-20 turniri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi, Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov tomonidan tashkil etilmoqda. Bu esa Habib Nurmuhamedovning O‘zbekistonga ilk tashrifi emas. Sportchi joriy yilning may oyida ham Toshkentga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

mehmonxona Habib Toshkentda

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing