Toşkentda xonadonida 900 mln sömlik tamakini yaşirganlar uşlandi
3-sahifa
−
19:14 490 1 daqiqa
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida 900 million sömlik aksiz markalarisiz tamaki mahsulotlari saqlanayotgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.
Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan şaxsning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Natijada u yerda sotiş maqsadida saqlab kelingan, xorijda işlab çiqarilgan, aksiz markalariga ega bölmagan 22 turdagi 20 ming 60 quti tamaki mahsuloti aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, musodara qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 900 million sömni taşkil etadi.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida aksiz markasisiz tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullanib kelgan bir neçta şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi