Toshkentda bir yilda qancha narkotik va psixotrop moddalar ushlangani ochiqlandi
3-sahifa
−
16 yanvar
14562024 yil Toshkentda 238 kilogrammdan ortiq giyohvandlik va psixotrop moddalar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtda 2024 yil davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan 3 447 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatlarning 2 413 tasi yoki 70 foizi internet tarmog‘i bilan bog‘liq holda sodir etilgan. Tadbirlar natijasida 238 kg 815 gramm giyohvandlik, psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan.
Toshkent shahrida bu kabi jinoyatlar bilan keskin kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida, 2025 yilning 15 yanvar kunidan “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi boshlangan. U 15 fevral kuniga qadar davom etadi.
“Oylik doirasida kuchaytirilgan tartibda tungi reydlar o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib yurish, giyohvandlik vositalarini tarqatish ("zakladchik"), “narkograffiti” bilan shug‘ullanish kabi holatlar aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida Tojikistondan O‘zbekistonga giyohvandlik moddalarini olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olingan va ularga sud hukmi o‘qilgandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar