Habib MMA tarixidagi eng kuchli 15 jangchi nomini aytdi

Sport

−

image

Rossiyalik sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhammedov rossiyalik Fyodor Yemelyanenko va amerikalik Jon Jonsni MMA tarixidagi eng yaxshi 15 nafar jangchi qatoriga kiritdi. 

Ikkala afsonaviy sportchini ham Nurmuhammedov o‘z reytingining 1-pog‘onasiga loyiq ko‘rdi. Reytingning kuchli uchligidan kanadalik Jorj Sen-Per va braziliyalik Anderson Silva o‘rin olgan.  

To‘liq reyting (Habib bir nechta jangchilarni bitta o‘ringa qo‘ydi):

1. Fyodor Yemelyanenko / Jon Jons;
2. Jorj Sen-Per;
3. Anderson Silva;
4. Demetrius Jonson;
5. Daniel Korme;
6. Genri Sexudo;
7. Joze Aldo;
8. Kamaru Usmon;
9. Israel Adesanya;
10. Bi Jey Penn;
11. Roys Greysi;
12. Rendi Kutyur / Keyn Velaskes;
13. Den Xenderson / Maurisio Rua;
14. Mirko Filipovich / Stipe Miochich;
15. Dominik Kruz / Frenki Edgar.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmuhammedov professional sportchilik faoliyatini 2020 yilda yakunlagandi. U MMAʼda umumiy 29 ta jang o‘tkazib, barcha to‘qnashuvlarda g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing