Zaharlangan Navalniy qanday ahvoldaligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy hamon komada qolmoqda. U ning ahvoli jiddiy, biroq hayoti uchun xavf yo‘q. Bu haqda Navalniy davolanayotgan Berlindagi Charite klinikasi ma’lum qildi.

“Organizmda xolinesteraza bloklanishi natijasida yuzaga kelgan inqiroz simptomlari susayyapti. Uning ahvoli jiddiyligicha qolmoqda, hayot uchun favqulodda xatar yo‘q. Avvalgidek, og‘ir zaharlanishning uzoq vaqtdan keyin qanday natija berishini aytib bo‘lmaydi”, degan shifokor.

Navalniy intensiv terapiya bo‘limida yotibdi. U sun’iy koma holatida va o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan.

Ma’lumot uchun, Aleksey Navalniy 20 avgustdan beri komada qolyapti. U Tomskdan Moskvaga uchayotganda tobi qochgandi. Uning safdoshlari siyosatchi zaharlanganini taxmin qilyapti.

U ikki sutka Omskdagi shifoxonada qolib ketdi. Shundan so‘ng, shifokorlar uni Berlinga ko‘chirishga ruxsat berdi. Navalniyning tarafdorlari shifokorlarning bunday harakatini organizmdagi zaharlash izlarini yo‘qotish uchun vaqtdan yutish deb baholadi.

Berlinga olib kelingach, nemis shifokorlari tahlillar o‘tkazib, Navalniy zaharlanganini ma’lum qildi


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing