Navalniy va uning rafiqasi “OAV erkinligi uchun mukofot” bilan taqdirlandi

Olam

image

2024 yilda Germaniyaning "OAV erkinligi uchun mukofoti" (Freiheitspreis der Medien) Aleksey va Yuliya Navalniyga topshirildi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri Weimer Media Group'ga tayanib, xabar berdi.

“Mukofot Navalniylarga Rossiyadagi shafqatsiz diktaturaga qarshi jasur va zo‘ravonliksiz kurashi uchun berildi. Ular yaxshiroq, yangi, erkin va demokratik Rossiyaning yuzlari. Bular bizning zamonamizning qarshilik qahramonlari, yaxshiroq dunyo uchun o‘z jonlarini qurbon qilishga tayyor”, deyiladi xabarda.

Weimer Media Group nashriyot guruhi Yuliya Navalnayani "Rossiyadagi demokratik uyg‘onish yetakchisi" deb atadi.

“Deutsche Welle” xabariga ko‘ra, mukofot Navalnayaga 19 aprel kuni Bavariyaning Gmunde-na-Tegernze shahrida shaxsan topshiriladi.

Germaniyaning "OAV erkinligi mukofoti" 2015 yilda ta’sis etilgan va har yili beriladi. 2022 yilda uning laureatlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya va urushga qarshi plakat bilan efirga chiqqan “Birinchi kanal”ning sobiq muharriri Marina Ovsyannikova edi. Keyinroq Ovsyannikova Ukrainaning noroziligi tufayli laureatlar ro‘yxatidan chiqarildi.

2023 yilda mukofotni “Ozod Rossiya” forumi hammuassisi Garri Kasparov oldi.

Aleksey Navalniyning o‘limi

Aleksey Navalniy joriy yilning 16 fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘idagi “Qutb bo‘risi” maxsus rejimli koloniyasida noaniq sharoitda vafot etdi. O‘lim hisobotida siyosatchi tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgani aytiladi. Muxolifatchi tarafdorlari uning o‘ldirilganiga ishonadi.

Muxolifatchi 1 mart kuni Moskvadagi Borisov qabristoniga dafn etildi. 

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Navalniyni o‘limidan bir necha kun oldin G‘arb davlatlarida qamoqda o‘tirgan ba’zi odamlarga almashishga tayyorlanayotganini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy Yuliya Naval'naya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing