OTMga kirish test sinovlariga oid qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston
−
29 Iyul 2023 17196 1 daqiqa
2023-2024 o‘quv yili uchun OTMga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bir smenada 1 274 ta guruhda 38 220 nafar, bir kunda (ikki smenada) 2 548 ta guruhda 76 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Test sinovlari barcha hududlarda 1 avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlangani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr