Zelenskiy Ukrainadagi pul yuvish ishida ishtirok etganmi?
Olam
−
17:26 1052 2 daqiqa
Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (MAKB) mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiyning pul yuvish bilan bog‘liq ishda ishtirok etgan-etmaganligi to‘g‘risidagi savolga yakuniy javob berdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
Bungacha Ukraina Prezidenti ofisining sobiq rahbari Andrey Yermak pul yuvishda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Bugun MAKB va IAKP (Ixtisoslashgan aksilkorrupsiya prokuraturasi) tomonidan Yermakka qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan brifing o‘tkazilgan.
Brifing davomida MAKB direktori Semen Krivonos Vladimir Zelenskiyning ushbu ishda ishtirok etgani haqidagi savolga javob bergan.
“Ukraina Prezidenti sudgacha bo‘lgan tergov doirasida ishtirok etmagan va ishtirok etmayapti. Aybsizlik prezumpsiyasini buzmaslik uchun kompaniyalar nomlarini ayta olmayman. Biz mudofaa sohasidagi yo‘nalish haqida gapirgan edik, u MAKB doirasida tergov qilinmoqda. Dron ishlab chiqaruvchilar va ayrim alohida ishlab chiqaruvchilar tergov qilinmoqda”, deydi Krivonos.
Krivonos, shuningdek, tergov turli yo‘nalishlarda: energetika, mudofaa, jumladan, dron va qurol-yarog‘ xaridi bo‘yicha davom etayotganini aniqlashtirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, tergov xalqaro hamkorlik doirasida ko‘plab so‘rovlar yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil noyabr oyi oxirida Milliy aksilkorrupsiya byurosi va Ixtisoslashgan aksilkorrupsiya prokuraturasi hukumat kvartalida Prezident ofisi rahbari Andrey Yermakning uyida tintuv o‘tkazgan edi.
Ko‘p o‘tmay, Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqqani ma’lum bo‘ldi (u avvalroq muzokaralar delegatsiyasiga ham rahbarlik qilgan). Keyinchalik Zelenskiy Budanovga Yermak o‘rniga Prezident ofisini boshqarishni taklif qildi.
Live
Barchasi