Zelenskiy Turkiyaga bordi (video)

Olam

image

Bugun, 15 may kui Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazish uchun Turkiyaning Anqara shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Biz Prezident Erdo‘g‘an bilan va Turkiyaning kengaytirilgan delegatsiyasi bilan uchrashuvlarni boshlaymiz. AQSH tomoni bilan aloqadamiz, ular ham Turkiyada yuqori darajada ishtirok etadi, deb o‘ylayman. Prezident Erdo‘g‘an bilan bo‘ladigan suhbatdan so‘ng biz keyingi harakatlarimiz haqida o‘ylaymiz”, degan Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina delegatsiyasi “eng yuqori darajada” taqdim etilgan.

Ukraina delegatsiyasi tarkibi rasman e’lon qilinmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, delegatsiya tarkibiga Zelenskiyning o‘zi, uning ofis rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri va Mudofaa vaziri – Andrey Sibiga va Rustam Umarov, shuningdek, Pezidentning diplomatik maslahatchisi Igor Jovkva kiradi.

Zelenskiy va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan 13:00 ga belgilangan. Bir soat o‘tgach, Turkiya Prezidentining jadvalida ikki delegatsiya o‘rtasidagi “ishchi kechki ovqat” rejalashtirilgan. Erdo‘g‘an jadvalidagi navbatdagi tadbir 15:30 ga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 may kuni Istanbulda so‘nggi Rossiya va Ukraina rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Zelenskiy bu uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “shaxsan kutishini” bildirgan edi. Biroq Kreml Putinning muzokaralarda ishtirok etmasligini rasman ma’lum qildi. Rossiya delegatsiyasiga 2022 yildagi kabi, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing