Zelenskiy NATOning dastlabki yordamida qanday qurollar bo‘lishini ochiqladi

Olam

image

NATOning yangi PURL dasturi (Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati) doirasida mamlakat Patriot havo mudofaasi tizimlari va HIMARS reaktiv tizimlari uchun raketalar oladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Parlamenti raisi Roberta Metsola bilan o‘tkazggan qo‘shma matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Biz PURL doirasida hamkorlarimizdan 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ oldik. Oktyabr oyida yana 3,5–3,6 milliard dollar olamiz”, degan Zelenskiy. 

“Reuters” nashriga ko‘ra, 16 sentyabr kuni AQSH ma’muriyati YeI vakillari tomonidan moliyalashtirilgan Ukraina uchun dastlabki qurol yetkazib berish paketlarini ma’qullagan. Pentagonning Siyosat bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Elbridj Kolbi qiymati 500 million dollarlik ikki paketni tasdiqlagan.

Ukraina TIV matbuot kotibi Georgiy Tixiy ham AQSHdagi Ukraina elchixonasi bu tasdiqni olganini bildirgan, ammo qurollar qachon yetib kelishi haqida aniq muddat aytilmagan.

PURL dasturi Vashington va Yevropa mamlakatlari tomonidan ishlab chiqilgan: unga ko‘ra, AQSH qurolni Yevropa ittifoqi vakillariga sotadi, ular esa uni Ukrainaga uzatadi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar bu yo‘nalishga hozirgacha 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa vaziri Denis Shmigal Ukrainadagi mojaro davom etsa, Kiyevga 2026 yilda harbiy xarajatlarga kamida 120 mlrd dollar kerak bo‘lishi haqida aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush tugagan taqdirda ham, mamlakatga bundan unchalik kam bo‘lmagan mablag‘ zarur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Vladimir Zelenskiy Patriot HIMARS PURL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing