Zelenskiy BAAga bordi (video)
Olam
−
17 fevral 14520 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 16 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga bordi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Tarmoqda e’lon qilingan kadrlardan ko‘rinadiki, Ukraina Prezidentiga ushbu safar davomida rafiqasi Yelena Zelenskaya hamrohlik qilmoqda.
FlightAware ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 16 fevral kuni Ukraina Prezidentining samolyoti Myunxendan Polshaning Jeshuv-Yasyonka aeroportiga, so‘ngra Abu-Dabiga uchgan.
"Ustuvor vazifa – asirlikdan yanada ko‘proq odamlarimizni uyga qaytarish. Shuningdek, investitsiyalar, iqtisodiy va gumanitar sohalar bo‘yicha hakorlikni kengaytirish” deb yozdi Vladimir Zelenskiy Telegram'dagi sahifasida.
Qayd etish joiz, Ukrainada urush boshlangandan beri Birlashgan Arab Amirliklari asirlar almashinuvi jarayonida Kiyev va Moskva o‘rtasida vositachilik qilib kelmoqda. Masalan, 5 fevral kuni ham BAA vositachiligida Ukraina va Rossiya orasida 150 ga 150 formatida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida AQSH va Rossiya vakillarining Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi. muzokaralarda Ukraina tomoni ham qatnashishi hozircha noma’lum.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
Barchasi