Yirik firibgarlikda gumonlanayotgan özbekistonlik ayol Turkiyada qölga tuşdi

3-sahifa

−

image

Katta miqdordagi mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritişda gumonlanayotgan Özbekiston fuqarosi Turkiyada uşlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston va Turkiya Içki işlar vazirliklari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qidiruvda bölgan, 1991 yilda tuğilgan M.N. ismli fuqaro Turkiyada qölga olinib, Özbekistonga qaytarilgan.

U fuqarolarning işonçiga kirib, hamkorlikda biznes qiliş taklifi bilan katta miqdordagi mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritişda gumonlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Bildirilişiça, Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamkorligida boşqa qidiruvdagi şaxslarni ham aniqlaş, uşlaş va Özbekistonga qaytariş böyiça tegişli tadbirlar davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi hamkorlik davomida Istanbul şahrida xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi aniqlangandi va qölga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing