O‘zbekistonda 8 ta bank jazolandi

3-sahifa

−

image

O‘zbekistonda joriy yilning sentyabr oyida prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgani uchun 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi sentyabr oyida 8 marta yig‘ilish o‘tkazib, jami 37 ta masalani ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgan.

Shundan 21 tasi kredit tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ruxsat berish bilan bog‘liq bo‘lgan. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, akkreditatsiya va to‘lov tashkilotiga litsenziya berish, shuningdek, banklarning kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari nomzodlarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilingan.

Bundan tashqari, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 16 ta masala ko‘rib chiqilgan. Ular orasida Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlarga rioya etilishi, inspeksiya tekshiruvlari natijalari hamda moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari bo‘lgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 8 ta bankka nisbatan jarimalar prudensial me’yorlar va qonunchilik talablariga rioya etilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan qoidabuzarliklar sabab qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki 23 ta moliya tashkilotini jarimaga tortgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing