O‘zbekiston terma jamoasi Quvaytga qarshi o‘ynaydi 

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Quvayt milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Quvayt futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘yin 9 oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanish vaqti va qaysi stadionda bo‘lib o‘tishi hozircha noma’lum. 

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Quvaytga qarshi 5 marta maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarning 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiton milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston terma jamoasi Quvayt FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing