Ukrainaga hech qachon NATO a’zoligi va’da qilinmagan – Mark Ryutte
Olam
−
13 fevral 7748 2 daqiqa
Rossiya-Ukraina mojarosi hal qilinganidan keyin Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish hech qachon va’da qilinmagan. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik kelishuviga erishilganda ham Ukraina davlati NATOga a’zo bo‘lishi haqiqat emas.
“Ukrainaga tinchlik kelishuvi doirasida NATOning bir qismi bo‘lishi haqida hech qachon va’da qilinmagan”, deydi Ryutte.
Shuningdek, NATO Bosh kotibi Putin yana qaytadan Ukraina tomonga urush boshlamasligiga ishonch komil bo‘lishi kerakligini aytgan.
“Biz Vladimir Putin boshqa hech qachon Ukrainaga hujum qilishga urinmasligiga ishonchimiz komil bo‘lishi kerak, bu juda muhim”, degan Mark Ryutte.
Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevga xavfsizlik kafolati berilgan taqdirdagina Rossiya bilan muzokaraga tayyor ekanini aytgandi. Avvaliga Ukraina hukumati mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishini talab qilgan, biroq Rossiya bunday shartlar bilan tinchlik o‘rnatishdan bosh tortgan. AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaradan so‘ng Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bo‘lishini maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Ryutte Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida agar Ukraina Rossiya bilan mojaroda mag‘lub bo‘lsa, alyans mudofaasini mustahkamlash uchun “qo‘shimcha trillionlar” sarflashga majbur bo‘lishini aytgandi. NATO Bosh kotibiga ko‘ra, mudofaa xarajatlarini hali 2 foizgacha oshirmagan ittifoq davlatlari buni ikki oy ichida amalga oshirishi kerak.
Live
Barchasi