Ukrainadagi xorij qo‘shinlari Rossiya uchun qonuniy nishon bo‘ladi – Putin

Olam

image

Ukrainaga kirishi mumkin bo‘lgan xorij qo‘shinlari Rossiya zarba berishi uchun qonuniy nishon bo‘ladi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida so‘z ochdi.

“Agar qo‘shinlar paydo bo‘lsa, ayniqsa, hozir, biz buni zarba berish uchun qonuniy nishon deb hisoblaymiz. Agar uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha qarorlar qabul qilinsa, ularning bu yerda bo‘lishining hech qanday ma’nosi yo‘q”, deydi Putin.

Qayd etish joiz, mazkur forum doirasida Putin agar Moskva shahrida uchrashuv bo‘ladigan bo‘lsa, Rossiya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga xavfsizlikni 100 foiz kafolatlashini aytgandi. U, shuningdek, Zelenskiy bilan boshqa joylarda uchrashuv o‘tkazish haqidagi takliflarni “ortiqcha” deb hisoblashini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida “Ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuvga Fransiya rahbari Emmanuel Makron raislik qilgan.

Zelenskiy ishtirokidagi yakuniy matbuot anjumanida Makron 26 ta davlat Ukraina hududiga qo‘shin yuborishga yoki bu missiyani qo‘llab-quvvatlash va mamlakat xavfsizligini dengizda hamda havoda ta’minlash uchun mablag‘ ajratishga tayyorligini bildirganini ma’lum qilgan. Uchrashuv ishtirokchilari AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan ham suhbat o‘tkazib, muzokaralar natijalarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing