Toshkentdan Urganchga poyezdda borish vaqti 7 soatga qisqaradi

Jamiyat

image

2025 yilda Gurlan tumanida yangi temiryo‘l vokzali quriladi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shuningdek, Hazoraspdagi vokzal rekonstruksiya qilinishi aytildi. Tadbirkorlar bilan birgalikda Xorazmga bu yil 80 ta, 2026 yilda yana 20 ta zamonaviy avtobus va 50 ta mikroavtobus olib kelinishi, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Yangibozor, Xiva shahrida 4 ta yangi avtostansiya qurilishi, yil yakunigacha 10 ta yangi zamonaviy trolleybus xarid qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, 2026 yilda 6 ta tezyurar elektropoyezd olib kelinadi. Bu esa Toshkentdan Urganchga yetib kelish vaqtini 14 soatdan 7 soatga, Buxorodan Xivagacha esa 6 soatdan 3 soatga qisqartiradi.

Yig‘ilishda “Buxoro-Xiva” temiryo‘lini elektrlashtirish yakunlangani, natijada yo‘lovchi tashish 500 mingdan 3,3 millionga, yuk tashish 1,1 million tonnadan 5,8 million tonnaga yetishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiva shahrida ma’muriy binolar qurilib, barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chirilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Urganch Gurlan temiryo'l vokzali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing