Xivadagi barcha davlat tashkilotlari bir joyga ko‘chiriladi

Jamiyat

image

Xiva shahrida ma’muriy binolar qurilib, barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chiriladi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, xususiylashtirish dasturiga asosan 2025 yilda Xorazmda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilmoqda.

“Bu xizmat ko‘rsatish, turizm va ishlab chiqarish sohalari uchun katta imkoniyat”, dedi davlat rahbari.

Masalan, Urganch shahridagi o‘rganishlar natijasida 61 ming kvadrat maydoni, 21 gektar yeri bo‘lgan 45 ta davlat binosi aniqlandi. Ular negizida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar qurib, kamida 500 kishini band qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan ob’ektlar bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Angarik mahallasidagi bo‘sh maydonda ma’muriy binolar qurilib, Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chiriladi.

Mutasaddilarga Urganch, Xivadagi barcha ma’muriy binolarni savdoga chiqarish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvida O‘zbekistonning 15 ta tuman va shahrida barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chirilishi ma’lum qilingandi. Prezidentning o‘sha kuni qabul qilingan farmoni bilan bu amaliyot yo‘lga qo‘yiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlandi. Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi binosini savdoga qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm Xiva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing