O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘l narxi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Urganchdan Xivaga olib boruvchi O‘zbekistondagi ilk pulli avtomobil yo‘li trassa uchun yo‘l haqi 25 ming so‘mni tashkil etadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot kotibi Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, yengil avtomobillar uchun Xivadan Urganchgacha va orqaga to‘liq yo‘nalish bo‘yicha yo‘l haqi 25 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, “Turkmanli” mahallasidan Xivagacha uzunligi 28 km bo‘lgan qisqa yo‘nalish narxi 20 ming so‘m etib belgilangan.

Nilufar Jumayevaning bildirishicha, yo‘l haqini to‘lash tizimi hozirda sinov rejimida ishlamoqda va 25 avgustdan to‘liq ishga tushadi. Saytga ko‘ra, og‘irligi 3,5 tonnagacha bo‘lgan yengil yuk avtomobillari (N1), 8 nafardan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtobuslar (M2/M3) va og‘irligi 3,5-12 tonna bo‘lgan o‘rta yuk avtomobillari (N2) uchun to‘liq yo‘nalish narxi 40 ming so‘m, qisqa yo‘nalish esa 25 ming so‘m etib belgilangan.

Qayd etilganidek, ayni paytda Urganch-Xiva pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun to‘lov sayti sinov rejimida ishlamoqda. Shu boisdan, sayt rasman ish boshlagandan keyin narxlarda katta bo‘lmagan o‘zgarish bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha doirasida 35 kilometr avtomobil yo‘li, 1 ta yerosti tunneli, 8 ta yo‘l o‘tkazgich, 15 ta ko‘prik va 106 ta suv o‘tkazish inshooti barpo etilgan. Mavjud yo‘l orqali Urganchdan Xivaga yetib borishga 45-50 daqiqa vaqt sarflansa, yangi to‘rt tasmali magistralda bu vaqt 15-17 daqiqagacha qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 30 mingdan ortiq transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng yangi “Urganch – Xiva” pullik avtomobil yo‘li bilan tanishgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing