Surxondaryoda mansabdor pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimi 3 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning pul mablag‘ini noqonuniy o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs go‘yoki ushbu bo‘lim tez orada boshqa joyga ko‘chishini bildirib, bo‘shaydigan binoni yer maydoni bilan birgalikda tanishlari yordamida auksion orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 2 ming AQSH dollari va 12 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida bank eksperti 10 ming AQSH dollari bilan qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing