Toshkentda bank xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida bank eksperti 10 ming AQSH dollari bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti xizmat ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbaridan 10 ming AQSH dollari ta’magirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, ushbu mutaxassis o‘zining tanishlari orqali Samarqand viloyatida joylashgan banklarning biridan mazkur MCHJga 1 mlrd 250 mln so‘m miqdorida kredit olib berishni va’da qilgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida tadbirkorga hujjatlari bo‘lmagan do‘konni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lan bozor rahbari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing