Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan gaplashdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, suhbat davomida Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va ziddiyatlar mintaqaviy barqarorlik va tinchlikka jiddiy tahdid solayotgani ta’kidlangan. Muqaddas Ramazon oyida musulmon ummati o‘rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytiradigan nomaqbul harakatlardan chuqur xavotir ifoda etilgan.

Davlat suvereniteti, tinchligi va osoyishtaligiga xavf soluvchi har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Qatarda bo‘lib turgan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va ularni vataniga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda yaratilgan sharoit uchun Amirga chuqur minnatdorlik bildirgan.

O‘z navbatida Qatar Amiri hozirgi sinovli kunlarda O‘zbekiston Prezidentiga do‘stona muloqoti, doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, bildirgan samimiy birdamlik so‘zlari, ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qaratayotgan katta e’tibori uchun alohida tashakkur izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va Qatar Amiri bilan telefon orqali suhbatda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yaqin Sharq Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Qatar Amiri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing