Samarqandda mas’ullar suyuq sovun bahonasida 1,1 mlrd so‘mni “yeb yubordi”
3-sahifa
−
14:26 628 1 daqiqa
Samarqand viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining mas’ul shaxslari 90 ming 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu xaridlar natijasida 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Davlatobod tumanida ta’lim muassasalariga isitish qozonlari yetkazib berish uchun ajratilgan 1 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi