Rossiyadagi musulmon kurerlarga harom mahsulotlarni yetkazib berish taqiqlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasining ulamolar kengashi yetkazib berish va logistika xodimlari to‘g‘risidagi yangi fatvoni chiqarib, Islom dini qoidalariga muvofiq so‘yilmagan hayvonlar go‘shtini yetkazib berishni taqiqladi. Bu haqda idoraning matbuot xizmati xabar berdi.

Musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan chiqarilgan fatvoga ko‘ra, kurerlarga spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti (shariat qoidalariga muvofiq so‘yilmagan har qanday hayvonning go‘shti), butlar va qimor o‘yinlari bilan bog‘liq mahsulotlarni yetkazib berish taqiqlanadi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, agar bunday tovarlar yo‘q qilish uchun yetkazib berilsa va kurer paketda nima borligini bilmagan bo‘lsa, bu xato hisoblanmaydi.

Yetkazib berishga ruxsat etilgan tovarlar ro‘yxatiga oziq-ovqat mahsulotlari, halol usulda so‘yilgan hayvonlarning go‘shti, don, sariyog‘, sut, mevalar, sabzavotlar va boshqa maishiy tovarlar, jumladan, kiyim-kechak, mebel, idish-tovoq, qurilish materiallari, elektronika, kitoblar, dori-darmonlar va tibbiy asboblar kiritilgan.

Shuningdek, olib ketilayotgan buyurtma ichida ruxsat etilgan buyumlarning bir qismi taqiqlangan mahsulot bo‘lsa, halollash uchun daromadning bir qismini xayriya qilish tavsiya etilgan.

“Agar buyurtmaning tarkibini bilish iloji bo‘lmasa, yetkazib berishning o‘zi nomaqbul harakat hisoblanmaydi. Qoida faqat taqiqlangan narsalarni bila turib yetkazib berilganda buziladi”, deya qo‘shimcha qilingan boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahrida kurerlik qiluvchi Muhammadjon Obidov ismli o‘zbekistonlik yigit chaqaloqni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qolgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya musulmon kur'er

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing