Rossiya AQSHning har qaysi Prezidenti bilan ishlashga tayyor
Olam
−
09 noyabr 2020
5768Moskva AQSHning yangi Prezidenti kim bo‘lishidan qat’i nazar, u bilan ishlashga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lumot bergan.
"Prezident Putin Amerika xalqining har qanday tanlovini hurmat qilishini va AQSHning yangi Prezidenti kim bo‘lsa ham, u bilan ishlashga tayyorligini bir necha bor ta’kidladi", degan Peskov.
Matbuot kotibi AQSHning navbatdagi Prezidenti bilan aloqalar o‘rnatish va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga umid bildirgan.
Avvalroq, Rossiya rahbari AQSHning kelajakdagi qarorlari "muvozanatli" bo‘lishiga umid bildirgandi.
Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga asosiy da’vogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp.
7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari “ABC News”, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.
LiveBarchasi