Eron havo mudofaa tizimlarini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Eronda yangi avlod havo hujumiga qarshi kurashish mudofaa tizimlari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda IRNA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, keng ko‘lamli “Qudrat 1403” mashg‘ulotlari doirasida Eron harbiylari “Bavar-373” zenit-raketa majmuasining modernizatsiyalangan versiyasini namoyish qilgan, u ilk bor Rossiyaning S-300 tizimlari bilan birgalikda harakat qilgan.

Ikki tizimning birgalikda qo‘llanilishi shartli havo nishonlarini balandlikda samarali yo‘q qilish imkonini bergan. Mashg‘ulotlar davomida ballistik va qanotli raketalar bilan jihozlangan 3 ta yangi yerosti raketa majmuasi namoyish qilingan.

“Sahroyi Kabirda o‘quv nishonlarini muvaffaqiyatli yo‘q qilish Isroilning Eron S-300 tizimlarini ishdan chiqarilgani haqidagi bayonotlariga javob bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Eron havo hujumiga qarshi kurashish mudofaa qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy “Bavar-373” tizimi Rossiyaning S-300 tizimlari bilan integratsiya qilinishi ko‘p qavatli raketadan mudofaa tizimini yaratadi. Harbiy ekspertlar bunday uyg‘unlashtirish hududiy himoya imkoniyatlarini kengaytirish, nishonlarning aniqlanishini oshirish va elektron urush holatida tizimlarning zaxiralanishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotlari partiyasini sotib olgandi. Ma’lum qilinishicha, bu qadam mamlakat harbiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron raketa rossiya mudofaa tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing