Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2023 4440 1 daqiqa
28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
“Voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. “Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash yuz berdi. Hali hamon yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Voqea joyida Milliy gvardiya otryadi ishlamoqda. Shuningdek, portlash oqibatida 17 yoshli yigit vafot etgani aytilgandi. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi hech kim vafot etmaganini ma’lum qildi.
Voqea joyiga Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, Bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan.
Sodir bo‘lgan portlash oqibatida “Quruvchilar” metro bekatiga shikast yetgan.
Live
Barchasi